Bugun 7 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Trampning «g‘azablangan qo‘ng‘irog‘i»dan so‘ng Pentagon o‘q-dorilar masalasida favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi

Trampning «g‘azablangan qo‘ng‘irog‘i»dan so‘ng Pentagon o‘q-dorilar masalasida favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi

Pentagon AQShdagi o‘q-dorilar zaxirasi bilan bog‘liq muammoni hal qilish maqsadida favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. NBC telekanali manbalariga ko‘ra, uchrashuv AQSh prezidenti Donald Trampning «g‘azablangan qo‘ng‘irog‘i»dan keyin tashkil etilgan.

Telekanal manbalari uchrashuvni «inqiroz bilan bog‘liq» deb ta’riflagan. Biroq Oq uy NBCning yig‘ilish haqidagi xabarini «100 foiz yolg‘on xabar» deb rad etdi. Shunga qaramay, telekanalning to‘rtta manbasi yig‘ilish haqiqatdan ham bo‘lib o‘tganini tasdiqlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Pentagon rahbariyatidagi yuqori lavozimli amaldor harbiy qo‘mondonlar va qurol-yarog‘ ta’minoti uchun mas’ul rasmiylarni «shoshilinch ravishda» yig‘ilishga chaqirgan.

Uchrashuv Trampning Mudofaa vaziri o‘rinbosari Stiven Faynberg bilan suhbatidan keyin bo‘lib o‘tgan. Suhbat davomida AQSh prezidenti o‘q-dorilar yetishmasligi Erondagi harbiy harakatlarni kengaytirishga to‘sqinlik qilayotganidan noroziligini bildirgan.

Tramp Faynbergdan Pentagonning harbiy operasiyalari haqida batafsil ma’lumot so‘ragan. NBC manbalariga ko‘ra, prezident hatto uni lavozimidan ozod qilish masalasini ham ko‘targan.

Faynberg AQShdagi qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetishmasligi muammosini hal qilishda muhim rol o‘ynashi aytilmoqda.

Avvalroq Tramp AQShda «katta miqdorda o‘q-dorilar zaxirasi» mavjudligini ta’kidlagan va Amerika armiyasida o‘q-dorilar yetishmayotgani haqida ma’lumot tarqatganlarni qamoq bilan tahdid qilgan edi.

Bu bayonot «Vashington Post» AQSh prezidenti Pentagon rahbari Pit Hegsetdan o‘q-dorilar zaxirasi yetishmasligi bo‘yicha tushuntirish talab qilgani haqida xabar berganidan keyin yangragan.

Kiritildi: 17:53 06.08.2026. O'qildi: 526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!