Dunyo bo‘ylab fond bozorlarida silkinish davom etmoqda — bu holat Donald Tramp tomonidan joriy qilingan import bojlari bilan bog‘liq. Dushanba tongida ochilishidan so‘ng Osiyo va Avstraliya birjalari indekslari keskin pastga qarab harakatlana boshladi.
Avstraliya birjasi indeksi, S&P/ASX 200, savdo boshida qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha 6,4 foizga pasayishini ko‘rsatdi va shu darajada barqarorlashdi.
Koreya fond bozori indeksi, KOSPI, savdo boshlanishi bilan 5 foizdan ortiq pasaydi.