Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Trampdan keyingi tahlika: Amerikaliklar ommaviy zaxira to‘plashga o‘tdi

Trampdan keyingi tahlika: Amerikaliklar ommaviy zaxira to‘plashga o‘tdi

The Independent: Amerikaliklar Tramp tomonidan boj to‘lovlari joriy etilishi sababli kundalik ehtiyoj tovarlarini ko‘proq sotib olishni boshladi

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh fuqarolari barcha mahsulotlarni odatdagidan ikki baravar ko‘p sotib olishmoqda, shuningdek, arzon brendlar va uzoq muddat saqlanishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar xarid qilinmoqda.

Bloomberg'ning xabar berishicha, Amazon Xitoy va boshqa Osiyo mamlakatlaridan keltiriluvchi bir qator mahsulotlar bo‘yicha buyurtmalarni bekor qilgan.

Agentlik manbalarining so‘zlariga ko‘ra, bunday mahsulotlar bo‘yicha buyurtmalar 2 aprel kuni Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp tomonidan 180 dan ortiq mamlakat va hududdan, jumladan, Xitoy, Hindiston, Vyetnam va Tailanddan importga boj to‘lovlari kiritilishi haqidagi qaror e’lon qilinganidan keyin bekor qilingan.

Kiritildi: 23:12 09.04.2025. O'qildi: 1033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!