Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt brifingda ma’lum qildi, deya xabar beradi Anadolu.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livittning aytishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp 13-16 may kunlari Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) tashrif buyuradi.
Matbuot kotibi brifingida Trampning Yaqin Sharqqa tashrifi sanalarini tasdiqladi.
U Tramp Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAga tashrif buyurishini aytdi, biroq tashrif tafsilotlarini oshkor qilmadi.
AQSh prezidenti Tramp o‘zining avvalgi bayonotlarining birida may oyida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurishini aytgan edi.