Ramzan Qodirovning 17 yoshli o‘g‘li Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimini egalladi — “Meduza”.
Checheniston Xavfsizlik kengashi rasmiy saytida yozilishicha, Adam Qodirov bu lavozimda 2025 yil aprelidan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2024 yil iyulida bu vazifaga Checheniston rahbarining jiyani Hamzat Qodirov tayinlangan edi.
“Kavkaz.Realii” nashrining ma’lum qilishicha, kichik Qodirov Xavfsizlik kengashi kotibi sifatida ilk bor 21 aprel kuni idoraning Telegram-kanalida taqdim etilgan. Xabarda aytilishicha, Adam Qodirovning topshirig‘i bilan uning o‘rinbosarlari respublika FVV boshlig‘i o‘rinbosari Rizvan Zalayev bilan uchrashuv o‘tkazishgan.
"Kavkaz.Realii" xabariga ko‘ra, bu Adam Qodirov uchun oltinchi lavozim hisoblanadi. U Gudermesdagi maxsus kuchlar universiteti, Mudofaa vazirligining ikkita batalyoni, Checheniston Ichki ishlar vazirligining butun tuzilmasi kuratori etib tayinlangan, shuningdek, otasining xavfsizlik xizmatini boshqaradi.