Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Yaponiya Janubiy Koreyadan sotib olmoqchi, chunki...

Yaponiya Janubiy Koreyadan sotib olmoqchi, chunki...

Janubiy Koreya qishloq xo‘jaligi kooperativlari bilan aloqasi bo‘lgan yapon kompaniyasi Janubiy Koreyadan Yaponiyaga guruch import qilishni boshlaganini e’lon qildi, deya xabar beradi NHK World-Japan.

26 yil avval tashkil etilgan kompaniya mart oyida birinchi marta ikki tonna guruch import qilganini va yana 20 tonna guruchni import qilishni rejalashtirayotganini aytdi.

Kompaniya veb-saytida 4 kilogrammlik bitta qop guruch iste’mol solig‘i va jo‘natmani hisobga olgan holda taxminan 29 dollar turadi. Kompaniya mart oyida import qilingan barcha guruchlar sotilganini va Yaponiyadagi talabdan kelib chiqib, keyingi qadamlarini belgilashini aytdi.

“Janubiy Koreyaning Yaponiyaga guruch eksporti statistik ma’lumotlar yuritila boshlagan 1990 yildan beri eng yuqori darajaga yetishi mumkin”, - deb yozadi Yonhap axborot agentligi.

Kiritildi: Bugun 01:44. O'qildi: 1590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!