Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Zelenskiydan Rossiya neft zavodlariga hujumlarni to‘xtatishni kutmoqda

Tramp Zelenskiydan Rossiya neft zavodlariga hujumlarni to‘xtatishni kutmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatib, energetik sulhga rioya qilishini kutmoqda. Bu haqda Axios nashri Oq uydagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Tramp Rossiya neft zavodlariga zarbalar AQShda benzin narxining oshishiga sabab bo‘layotgan deb hisoblaydi. U Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan norozi ekani va Zelenskiy AQSh yordamini odatiy hol deb qabul qilayotganini ta’kidlayotgani aytilgan.

Taklif Rossiya va Ukrainaning neftni qayta ishlash zavodlariga o‘zaro hujumlarni to‘xtatishini nazarda tutadi. Keyinchalik kelishuvni elektr stansiyalari va energetika tarmoqlariga ham tatbiq etish mumkin.

Ukrainalik rasmiy taklif teng shartlarni nazarda tutmasligini bildirgan. Uning aytishicha, Ukrainadagi yagona neftni qayta ishlash zavodi Rossiyaning takroriy hujumlari sababli to‘liq quvvatda ishlamayapti.

Rossiya hozircha energetik sulh taklifiga javob bermagan. Axios manbasiga ko‘ra, Moskva taklifni ko‘rib chiqmoqda va yaqin orada qarorini ma’lum qilishi mumkin.

Kiritildi: 15:07 12.10.2026. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!