Oq uyda o‘tgan uchrashuv chog‘ida Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan Putinning shartlarini qabul qilishni, ya’ni Donbass mintaqasini topshirishni talab qilgan.
Aks holda Rossiya tomonidan “yo‘q qilinish” xavfi borligini aytgan.
Financial Times nashriga ko‘ra, uchrashuvdan so‘ng bahs yuz bergan. Tramp Ukraina frontidagi xaritalarni stol ustidan uloqtirib, Putinning avvalgi suhbatdagi dalillarini takrorlagan.
Nashrning yozishicha, Zelenskiy uchrashuvdan hafsalasi pir bo‘lgan holda chiqqan — Tramp unga Tomahawk raketalarini yuborishdan bosh tortgan.