Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba 13-19 yanvar kunlari Oq uyning yangi rahbari inaugurasiyasi oldidan AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishi mumkin.
Bu haqda "Yomiuri" gazetasi o‘z manbalariga tayanib ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, Donald Tramp Yaponiya tomoniga yanvar oyi o‘rtalarida uchrashishga tayyorligini aytgan.
AQShning yangi saylangan prezidenti jamoasi uchrashuvni yanvar oyining uchinchi haftasida (13-19 yanvar) o‘tkazish ular uchun qulay bo‘lishini ta’kidladi.