Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot havo hujumi sababli Sankt-Peterburgga qo‘ndi

Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot havo hujumi sababli Sankt-Peterburgga qo‘ndi

Uzbekistan Airways’ning HY-611 reysi Vnukovo aeroporti tezkorlik bilan yopilgani sababli Sankt-Peterburgga qo‘ndi.

Samolyot Vnukovo aeroportiga qo‘nishi kerak bo‘lgan. Biroq aeroport dronlar hujumi sabab yopilgan. Jukovskiy. Sheremetevo, Domodedovo aeroportlarida ham samolyotlar uchish-qo‘nishiga cheklov kiritilgan.

Boeing 767 samolyoti ekipaji havo hujumi tufayli qo‘llanilgan «kovyor» (gilam) rejasiga asosan Vnukovo aeroportiga kirish mumkin emasligini bilib, zaxira aerodromga yo‘nalishni o‘zgartirishga qaror qildi.

Samolyot muvaffaqiyatli qo‘ndi, barcha yo‘lovchilar xavfsiz joyda.

Kiritildi: 10:18 11.03.2025. O'qildi: 1382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!