Amerika prezidenti Donald Tramp yana bir bor Kanadaning Qo‘shma Shtatlarga qo‘shilishi tarafdori bo‘lib, unga harbiy va boshqa afzalliklarni va’da qildi.
Bu haqda Amerika yetakchisi Shimoliy Karolinada jurnalistlar bilan suhbatda bayonot berdi, deb yozadi “TASS”.
"Men Kanadaning 51-shtat bo‘lishini istardim. Agar shunday bo‘lganida Kanada fuqarolari katta soliq imtiyoziga ega bo‘lardi - ularda hozirda soliqlar juda yuqori", - dedi Tramp.
U, shuningdek, kanadaliklar "harbiy va boshqa ko‘p narsalar, jumladan sog‘liqni saqlash haqida tashvishlanishlari shart emas"ligini qo‘shimcha qildi.