"Shu paytdan boshlab Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda “energetik sulh” amal qiladi. Ikkala tomon ham bunga rozi bo‘ldi. Uni buzmang", — deb yozdi Tramp.
Zelenskiy esa Tramp tomonidan e’lon qilingan “energetik sulh” haqida hech narsa bilmasligini ma’lum qildi
"Trampning o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bayonoti men uchun yangilik bo‘ldi. Agar u bu borada Putin bilan kelishib olgan bo‘lsa, iltimos, sulh qachon kuchga kirishini bizga xabar qiling. Biz bunday sulhga tayyormiz va bunga rozimiz", — dedi Ukraina prezidenti.