AQSh prezidenti Donald Tramp yadroviy davlatlar bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolish muhimligini aytdi.
Tramp bu haqda yakshanba kuni The Daily Caller nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Xususan, Trampdan 600 ming xitoylik talaba Amerika universitetlarida ikki yil davomida o‘qishga ruxsat berish haqidagi qarori buning AQShga foyda keltirishi bilan bog‘liqmi yoki bu uning Pekin bilan muzokaralardagi taktikasining bir elementimi, degan savol berildi. Bunga javoban AQSh prezidenti Xitoy rahbari Si Szinpin bilan "juda yaxshi munosabatda" ekanini ta’kidladi. "Menimcha, siz mamlakat rahbariyatiga ularning talabalarini qabul qilmasligingizni aytishingiz uni juda haqorat qiladi", dedi Tramp Xitoydan talabalarni qabul qilmaslik "tizimga zarar keltiradi" degan fikrni bildirar ekan.
Undan, shuningdek, xitoylik talabalarga AQShda o‘qishga ruxsat berish qaroriga javoban Xitoydan qandaydir imo-ishora kutayotgani so‘ralgan. "Yo‘q, men buning evaziga hech narsa xohlamayman. Biz yaxshi ishlayapmiz, ular bizga milliardlab dollar to‘lashmoqda", - deya ta’kidladi Tramp. "Menimcha, yomon emas, ayniqsa yadroviy davlatlar bilan til topishish yaxshi", - dedi Tramp va 2020 yilgi AQSh prezidentlik saylovlaridan keyin Amerika ma’muriyati boshqaruvida qolganida Ukrainadagi mojaroning oldini olgan bo‘lardi, degan o‘z pozisiyasini yana bir bor ta’kidladi.