AQSh Prezidenti Donald Tramp Xitoyga tashrifi va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashuvi boshqa muddatga ko‘chirilganini ma’lum qildi.
Bu haqda u Irlandiya Bosh vaziri bilan uchrashuv chog‘ida jurnalistlarga xabar berdi.
«Biz uchrashuvni ko‘chirdik va chamasi, u taxminan besh haftadan keyin bo‘lib o‘tadi. Men Rais Si bilan uchrashishni intiqlik bilan kutyapman», — dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar muzokaralarni tashkil etish ustida ishlashda davom etmoqdalar va Xitoy muddatlar o‘zgarishiga rozilik bergan.
«Biz Xitoy bilan ishlayapmiz, bu ularni qanoatlantirdi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Tramp, shuningdek, AQSh va Xitoy o‘rtasida «juda yaxshi ishchi munosabatlar» shakllanganini qayd etdi va uchrashuv besh-olti hafta ichida o‘tkazilishi mumkinligini tasdiqladi.