Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Tramp Venesuelaga qarshi 2015 yilda joriy etilgan sanksiyalarni uzaytirdi

Tramp Venesuelaga qarshi 2015 yilda joriy etilgan sanksiyalarni uzaytirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelaga qarshi birinchi marta 2015 yilda joriy etilgan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi.

Bu hujjat Federal Register veb-saytiga jyoashtirildi.

Venesuelaga qarshi sanksiyalar 2015 yil mart oyida o‘sha paytdagi 44-prezident Barak Obama tomonidan inson huquqlarining buzilishi munosabati bilan imzolangan farmon asosida joriy etilgan. Keyingi yillarda bu sanksiyalar bir necha bor kengaytirildi, kuchaytirildi va uzaytirildi.

Bildirishnomada aytilishicha, ushbu cheklovchi choralarni qabul qilishga turtki bo‘lgan Venesueladagi vaziyat "Qo‘shma Shtatlarning milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga favqulodda tahdid solib kelmoqda". "Shuning uchun men 13692-sonli farmon bilan e’lon qilingan milliy favqulodda holatni uzaytirmoqdaman", deb ta’kidladi AQSh rahbari.

Bildirishnomada aytilganidek, u 20 fevral kuni rasman e’lon qilinadi.

So‘nggi haftalarda AQSh rasmiylari Venesuela neft va gaz sohasidagi ishlar bilan bog‘liq ko‘plab operasiyalarni AQSh sanksiyalaridan ozod qildi.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!