11 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zini "Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi" deb ta’riflagan fotosuratni joylashtirdi.
"Donald Tramp. Venesuyela prezidenti vazifasini bajaruvchi", deb yozgan Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Skrinshotda uning "Qo‘shma Shtatlarning 45 va 47-prezidenti" unvonlari ko‘rsatilgan Vikipediya yozuvi taqlid qilingan, unda "Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi" qatori va 2026 yil yanvar sanasi qo‘shilgan.
3 yanvarga o‘tar kechasi Karakasda bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi. Ulardan ba’zilari harbiy baza joylashgan poytaxt janubida sodir bo‘ldi. Mayketiyadagi Simon Bolivar aeroportida va La-Guayra portida ham portlashlar haqida xabar berilgan. CNN xabar berishicha, Karakasda portlashlar bilan birga past uchayotgan samolyotlarning ovozi ham eshitilgan.