Venesueladan neft yetkazib berish AQShning strategik neft zaxirasini to‘ldirishga yordam beradi.
Bu haqda Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.
"Men Venesuela nefti bilan qiladigan ishlardan biri bu avvalgi prezident Jo Bayden tufayli deyarli bo‘sh bo‘lgan strategik neft zaxirasini to‘ldirishdir", deyiladi postda.
Tramp omborlarni to‘ldirish jarayoni yaqin orada boshlanishini va bu "Venesueladan Amerika xalqiga sovg‘a" ekanligini ta’kidlagan.
Avvalroq Amerika rahbari AQSh va Venesuela o‘rtasidagi jahon tarixidagi eng yirik neft bitimini e’lon qilgan edi. Ushbu kelishuv AQShga Bolivar Respublikasidagi tasdiqlangan 65 milliard barreldan ortiq neft zaxiralari ustidan nazoratni beradi.