AQSh prezidenti uchuvchilar va aviasiya dispetcherlarini tanqid qildi va ushbu halokatni oldini olish mumkin bo‘lganini ta’kidladi.
"Tunda osmon ochiq edi, samolyotning yoritish chiroqlari yoqilgan edi. Nega vertolyot balandlikni o‘zgartirmadi yoki burilishni amalga oshirmadi? Nega dispetcherlar vertolyot ekipajiga samolyotni ko‘ryapsizlarmi, deb so‘rash o‘rniga aniq nima qilish kerakligini aytmadi? Bu halokatni oldini olish mumkin edi", — dedi Tramp.
Avvalroq, Vashingtonda yo‘lovchi samolyoti halokati natijasida qurbon bo‘lgan 18 kishining jasadi Potomak daryosidan olib chiqilgani haqida xabar berilgandi.