AQSh ma’muriyati va Ukraina hukumati nodir yer metallari bo‘yicha kelishuv ustida ishlashni deyarli yakunladi va tez orada uni imzolaydi. Bu haqda TASS yozmoqda.
AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh moliya vaziri Skott Bessent unga noyob yerlar bo‘yicha kelishuv deyarli yakunlangani haqida ma’lum qilgan. "Ular tez orada imzolaydilar", deb ta’kidladi Oq uy rahbari.