AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasida rejalashtirilgan uchrashuv xavf ostida.
Bu haqda Financial Times (FT) manbalariga tayanib xabar berdi.
"Mudofaa vaziri Pit Xegset va davlat kotibi Marko Rubio xitoylik hamkasblari bilan muzokaralar olib borgan va bu prezidentlar uchrashuvi haqida taxminlarni keltirib chiqargan. Biroq AQSH-Xitoy savdo muzokaralarida muvaffaqiyat qozonmagani Pekinda sammit o‘tkazish ehtimolini kamaytirgan", - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Tramp va Szinpin hali ham Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida uchrashishi mumkin, ammo bu uchrashuv unchalik ahamiyatli bo‘lmaydi.
Asosiy muammo shundaki, Vashingtonga ko‘ra, Xitoy AQShga fentanil ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan kimyoviy moddalarni etkazib berishda davom etmoqda. Pekin, o‘z navbatida, AQSh tomonidan joriy qilingan tariflardan xavotirda.