Bloomberg: Tramp maslahatchilari Rossiyaga nisbatan neft sohasidagi cheklovlarni qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.
7 mart kuni agenlik manbalariga tayanib, Tramp ma’muriyatida “neft narxi chegarasi”ni bekor qilish masalasi muhokama qilinayotgani haqida xabar bergandi. Ushbu cheklov g‘arb kompaniyalariga Rossiyadan 60 dollardan qimmatroq narxda sotib olingan neftni tashish va sug‘urta qilishni taqiqlashni nazarda tutgan.
Bloomberg va Reuters nashrlari, Rossiya bilan tinchlik kelishuvi imzolanishi sanksiyalarni yengillashtirish uchun asosiy talablardan biri ekanligini yozishmoqda. 7 mart kuni Tramp Rossiya Ukrainadagi urushni to‘xtatishi va Kiyev bilan muzokara o‘tkazishi kerakligi, aks holda Moskvaga qarshi qattiq sanksiyalar qo‘llanishini bildirgan edi.