Tramp va Putinning 15 avgustga rejalashtirilgan Alyaskadagi muzokaralari Girdvud shahrida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Bu haqda mahalliy Alyaska Landmine nashri manbalariga tayanib xabar bermoqda.
"Bizga uchrashuv Girdvuddagi Alyaaka Resort mehmonxonasida o‘tishi mumkinligi aytildi. Qizig‘i shundaki, 12–16 avgust sanalarida bu mehmonxonaning bron qilish taqvimida bo‘sh nomer umuman yo‘q", deb yozadi Alyaska Landmine.
“Kommersant”ning qayd etishicha, 11 avgust soat holatga ko‘ra, maakur mehmonxonada faqat 14 va 15 avgust sanalari uchun xonalarni bron qilib bo‘lmaydi.