The Wall Street Journal manbalariga ko‘ra, Donald Tramp Eron portlarini to‘sib qo‘yish orqali mamlakat iqtisodiyoti va neft eksportiga bosimni davom ettirishga qaror qilgan.
AQSh prezidenti harbiy zarbalarni qayta boshlash yoki mojarodan chiqishni xavfli deb hisoblab, blokada qilish qarorida to‘xtagan.
Nashrning yozishicha, bu jarayonning cho‘zilishi energiya narxlari oshishiga va Trampning reytingi pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Shunga qaramay, prezident Eronni "inqiroz" holatiga olib kelish uchun muddatsiz blokadani ma’qul ko‘rmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh razvedkasi Tramp urushda g‘alaba qozonilganini e’lon qilgan taqdirda Tehronning ehtimoliy munosabatini o‘rganmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad Qo‘shma Shtatlarning mojarodan chiqish oqibatlarini tahlil qilishdir, deyiladi xabarda.