AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozgan postida Taker Karlson, Megin Kelli, Kendis Ouens va Aleks Jonsni tanqid qildi.
Trampning aytishicha, bu shaxslar unga qarshi "ko‘p yillardan beri urushib kelishmoqda. Oq uy rahbari ularni "IQ darajasi past", "ishidan ayrilgan ahmoq odamlar", "fikri hech kimga qiziq bo‘lmagan shaxslar", deya haqoratladi.
"Bu odamlar psixopatlar, g‘alvachilar hamda tekin va arzon reklama uchun har qanday narsani aytishga tayyor", — deya qayd etdi Tramp.
Qayd etish joizki, ularning to‘rtalasi ham yaqin-yaqingacha Donald Trampning tarafdorlari bo‘lgan va unga "ko‘p yillar" oldin emas, balki bir yarim yil avval bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishiga yordam bergan.