AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari NATO bilan kelishuvga erishgan va Ukrainaga qurol-yaroq yetkazib berish endi alyans tuzilmalari orqali amalga oshiriladi. Barcha xarajatlarni esa to‘liq NATO o‘z zimmasiga oladi.
Bu haqda Tramp NBC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan va AQSH, NATO hamda Ukraina o‘rtasidagi yangi harbiy yordam kelishuvining tafsilotlari bilan o‘rtoqlashgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShdan yuboriladigan harbiy texnika va qurollar avval NATO ixtiyoriga o‘tadi va so‘ngra Ukrainaga topshiriladi.
«Biz NATO qurolini yuboryapmiz va uning 100 foiz xarajatini NATO to‘laydi. Aslida bu qurollar avvalo alyans balansiga o‘tadi, keyin esa Ukrainaga beriladi», — dedi Tramp.