AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, buni amalga oshirish uchun "juda yaxshi imkoniyatlar" bor.
Shuningdek, Tramp Vashington hozirda "urushayotgan tomonlardan biriga yaqinroq, ikkinchisiga esa unchalik yaqin emas"ligini bildirdi. Biroq aynan qaysi tomonga yaqinroq ekanligini aytishni istamadi.
Bundan tashqari, prezident yana bir bor Qo‘shma Shtatlar urushni tugatish bo‘yicha muzokaralardan chiqishi mumkinligini istisno etmadi.
"Vaqti kelganida men ularga “ahmoqona harakatlaringni davom ettiraveringlar”, deb aytaman. Ba’zida men kelishuvdan chiqish qaroriga kelishga yaqinlashaman, keyin esa ijobiy voqealar yuz beradi. Muzokaralardagi eng katta qiyinchilik shundaki, Putin va Zelenskiy o‘rtasida juda kuchli nafrat mavjud", — deya izoh berdi Tramp.
Shu bilan birga, Tramp yana bir bor Ukraina bilan tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha tuziladigan kelishuv Qo‘shma Shtatlarga Kiyevga ko‘rsatilgan moliyaviy yordamni qoplash imkonini berishini ta’kidladi.