Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Ukraina prezidenti bilan uchrashuvni “juda qiziqarli va do‘stona” deb atadi

Tramp Ukraina prezidenti bilan uchrashuvni “juda qiziqarli va do‘stona” deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Oq uyda bo‘lib o‘tgan muzokaralarni “juda qiziqarli va do‘stona” deb ta’rifladi. Bu haqda u TruthSocial ijtimoiy platformasida ma’lum qildi.

“Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvim juda qiziqarli va do‘stona bo‘ldi. Biroq men unga, avvalroq prezident Vladimir Putinga aytganimdek, qotillikni to‘xtatish va kelishuvga erishish vaqti kelganini aytdim”, — deb yozdi Tramp.

AQSh prezidentining ta’kidlashicha, urushda allaqachon yetarlicha qon to‘kilgan va chegaralar “urush yoki jasorat bilan emas, tinchlik bilan belgilanishi kerak”.

“Ular turgan joylarida to‘xtashlari lozim. Ikkala tomon ham g‘alabani e’lon qilsin — tarix o‘zi baholaydi! Endi o‘q otilmasin, o‘limlar va beisob chiqimlar bo‘lmasin. Bu urush men prezident bo‘lgan paytda hech qachon boshlanmagan bo‘lardi. Har hafta minglab odamlar halok bo‘lmoqda — yetar! Oilalaringizga tinchlik bilan qaytinglar!” — deya chaqiriq qildi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 17 oktyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda uchrashgan edi.

Kiritildi: 14:55 18.10.2025. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!