UFC rahbari Dana Uayt bloger Adin Ross bilan jonli efirda AQSh prezidenti Donald Tramp shu dam olish kunlari Mayamidagi UFC 327 turnirida ishtirok etishini ma’lum qildi.
Turnir 12 aprelga o‘tar kechasi Kaseya Center arenasida bo‘lib o‘tadi.
Kechaning asosiy jangida Irji Proxazka va Karlos Ulberg yarim og‘ir vazn toifasida vakant bo‘lgan UFC chempionlik unvoni uchun kurash olib boradi.
Mag‘lubiyatga uchramagan rossiyalik Azamat Murzakanov saralash bahsida braziliyalik Paulo Kosta bilan kuch sinashadi.
Yakshanba kuni esa Amerika rahbari Vashingtonga qaytishi kutilmoqda.