Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp uchinchi prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘ymoqchi emas

Tramp uchinchi prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘ymoqchi emas

AQSh prezidenti Donald Tramp uchinchi marta oliy davlat lavozimiga qayta saylanish niyatida emasligini ma’lum qildi.

Bu haqda u NBC News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Men jami sakkiz yil, ikki muddat prezident bo‘laman. Men buni har doim juda muhim deb hisoblaganman," deb aytgan Tramp.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tarafdorlari uni kelajakda uchinchi muddatga saylanishga muntazam ravishda ko‘ndirmoqda, biroq u bunday qilmoqchi emas.

"Ko‘plab odamlar "Tramp 2028" yozuvi tushirilgan kepkalarni sotmoqda. Biroq men bunday qilmoqchi emasman. Men ajoyib to‘rt yil ishlab, buni boshqa birovga, idealda buyuk respublikachiga topshirmoqchiman," - dedi Amerika yetakchisi.

Kiritildi: 19:15 04.05.2025. O'qildi: 501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!