Amerika ma’muriyati Oliy sudda mamlakatda tug‘ma fuqarolik huquqini bekor qilish to‘g‘risidagi ishni osonlik bilan yutib oladi, chunki bu qullik bilan bog‘liq.
Bu fikrni AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berar ekan.
Undan sud uning foydasiga qaror chiqarishiga va bu huquqni bekor qilishga ruxsat berishiga ishonchingiz komilmi, deb so‘rashdi. "Menimcha, bu holat noto‘g‘ri tushunilgan. Tug‘ma fuqarolik huquqi qullik bilan bog‘liq. Shu nuqtai nazardan qarasangiz, odamlar buni tushunadi. Lekin negadir advokatlar bu haqda gapirmaydilar, ommaviy axborot vositalarida bu haqda xabar berilmaydi", deb ta’kidladi davlat rahbari. Masalaga shu tarzda qarasangiz, “bu ishda g‘alaba qozonish oson”, deb davom etdi.