Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tramp Tennessida amalga oshmagan qatlni «qiziq vaziyat» deb atadi

Tramp Tennessida amalga oshmagan qatlni «qiziq vaziyat» deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Tennessi shtatida amalga oshmay qolgan qatl jarayonini «qiziq vaziyat» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘lim in’eksiyasi uchun qo‘llanilgan preparat kutilganidek ta’sir qilmagan.

«Qiziq vaziyat bo‘ldi», — dedi Tramp jurnalistlarning voqeaga munosabatini so‘ragan savoliga javob berar ekan.

Prezident mahalliy hokimiyat organlari bilan maslahatlashish kerakligini aytib, hukm qayta ijro etiladimi-yo‘qmi, aniq javob bermadi. Uning ta’kidlashicha, qatl jarayoni «bunchalik murakkab bo‘lmasligi kerak».

Tennessida o‘lim jazosiga hukm qilingan Krista Geyl Payk ikki marta o‘lim in’eksiyasi qilinganiga qaramay tirik qolgan va hozir og‘ir ahvolda ekani xabar qilindi. Shundan so‘ng shtat rasmiylari yil oxirigacha qatllarni to‘xtatishga qaror qilgan.

Paykni qatl qilish chorshanba kuni Neshvill shahridagi Riverbend yuqori darajadagi xavfsizlik qamoqxonasida rejalashtirilgan edi. Biroq qatlga bir soat qolganda AQSh Oliy apellyasiya sudining Oltinchi okrugi Payk bolaligida zo‘ravonlikka uchragani haqidagi dalillarni ko‘rib chiqish uchun jarayonni vaqtincha to‘xtatgan.

Bir necha soat o‘tib, AQSh Oliy sudi prokuraturaning murojaatini qanoatlantirib, kechiktirish qarorini bekor qildi va hukmni ijro etishga ruxsat berdi.

Payk 1995 yilda 19 yoshli Kollin Slemmerni o‘ldirishda aybdor deb topilgan. U Tennessida 200 yildan ortiq vaqt ichida qatl etilgan birinchi ayol bo‘lishi kerak edi.

Kiritildi: Bugun 08:25. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!