Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Tramp tashqi yordamni muzlatish qaroridan chekindi

Tramp tashqi yordamni muzlatish qaroridan chekindi

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati “hayotiy insonparvarlik yordami”ni istisno qilib, boshqa davlatlarga yordam dasturlarini to‘xtatib turish haqidagi buyruqdan “qisman orqaga chekindi”, deb yozdi “New York Times” AQSh Davlat kotibi Rubio Markoning xizmat yozishmasiga tayanib.

Avvalroq Oq uy mamlakat yetakchisi dasturlarning AQSh tashqi siyosatiga muvofiqligini baholash uchun boshqa mamlakatlarga rivojlanish ko‘magini 90 kunga to‘xtatib turish haqidagi buyruqni imzolaganini ma’lum qilgandi.

Qayd etilishicha, hujjatda bunday yordam hayotni saqlab qolish uchun zarur dori-darmon, tibbiy xizmat, oziq-ovqat, boshpana va asosiy turmush darajasiga erishishga yordam berishdan iboratligi belgilangan.

Kiritildi: 11:38 30.01.2025. O'qildi: 687 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!