Zelenskiy Ukraina Yevropa Ittifoqi va NATOga qabul qilinmaguncha prezidentlikdan ketmasligini malum qildi.
“Ukrainada tinchlik uchun hamma narsaga tayyorman. Albatta, Rossiya mendan qutulmoqchi. Ehtimol, ular urush boshida harakat qilganidek, jismonan emas, balki siyosiy jihatdan. Men Putin uchun juda noqulay odamman. Biz bir-birimizni bilamiz. Agar ertaga Ukraina Yevropa Ittifoqi va NATOga qabul qilinsa, men ketishim mumkin. Ammo bu amalga oshmaguncha, men o‘z vatanimni himoya qilaman va prezidentlikda qolaman”, dedi Zelenskiy ARD telekanaliga bergan intervyusida.