AQSh prezidenti bu haqda BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida ma’lum qildi.
"Shu paytdan boshlab barcha AQSh hujjatlarida va umid qilamanki, butun dunyoda — “sun’iy intellekt” emas, balki ancha aniqroq bo‘lgan “super intellekt” atamasi qo‘llaniladi. Boshqacha qilib aytganda, yangi superintellekt dunyosiga xush kelibsiz. Ko‘ramiz, bu ommalasharmikin. Bu ancha yaxshiroq eshitiladi", — dedi Donald Tramp.
Uning ta’kidlashicha, nomdagi "sun’iy" so‘zi xuddi intellekt "haqiqiy emas"dek taassurot uyg‘otadi. Shuningdek, Tramp hozirda AQSh sun’iy intellekt sohasida Xitoy va boshqa mamlakatlardan ancha oldinda ekanligini qo‘shimcha qildi.
" Biz bu ustunlikni saqlab qolmoqchimiz. Biz sanoat inqilobidan ham keng ko‘lamliroq bo‘ladigan sohaning rivojlanishiga to‘sqinlik qilmaymiz", — dedi u.