Bugun 22 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp so‘nggi bir oy ichida Putin bilan bir necha marotaba muloqot qilganini aytdi

Tramp so‘nggi bir oy ichida Putin bilan bir necha marotaba muloqot qilganini aytdi

Donald Tramp so‘nggi bir oy ichida Putin bilan bir necha marotaba muloqot qilganini aytdi.

AQSh prezidenti bu haqda Washington Examiner nashri jurnalisti Bayron Yorkka bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Putin bilan so‘nggi bir oy mobaynida ko‘p marotaba suhbatlashdim. 18 mart kuni Putin bilan bo‘lgan muloqot “yaxshi ishlarning boshlanishi” bo‘ldi", — deya ta’kidladi Tramp.

Qo‘shma Shtatlar prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u Putin bilan "ko‘p marotaba" gaplashgan va bu faqatgina "hammasi boshlangan" deb atalgan qo‘ng‘iroq (12 fevral kuni bo‘lib o‘tgan) bilan cheklanmaydi.

Jurnalist York avvalroq Putin va Tramp o‘rtasida boshqa telefon suhbatlari haqida rasmiy xabar berilmaganini ta’kidladi. Bunga javoban Tramp: "Agar bu ijobiy bo‘lmaganida, sizga aytar edim", — dedi.

Kiritildi: 17:16 19.03.2025. O'qildi: 588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!