Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp "so‘l radikal aqlsizlar"ni impichmentga urinishda aybladi

Tramp "so‘l radikal aqlsizlar"ni impichmentga urinishda aybladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Demokratik partiya vakillari tomonidan uning impichmenti muhokamasi yana boshlanganini ma’lum qilib, buni siyosiy hujum deb atadi.

"Demokratlar chindan ham boshqarib bo‘lmaydigan holatga keldi. Ular hamma narsani, ayniqsa aql-hushini yo‘qotishdi! Bu so‘l radikal aqlsizlar yana impichment masalasini ko‘tarishdi," deya yozdi Tramp o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Shu bilan birga, Tramp Demokratik partiya vakillarining prezidentga nima uchun impichment e’lon qilmoqchi ekanliklarini o‘zlari ham bilmasliklarini ta’kidladi.

Bundan tashqari, u demokratlarni AQShning tiklanishiga xalaqit beruvchi vijdonsiz odamlar sifatida tavsifladi.

Kiritildi: 21:21 05.05.2025. O'qildi: 777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!