Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Biz bobolarimiz boshidan kechirgan keng ko‘lamdagi urushga tayyor bo‘lishimiz kerak"

"Biz bobolarimiz boshidan kechirgan keng ko‘lamdagi urushga tayyor bo‘lishimiz kerak"

Bu haqda NATO Bosh kotibi Mark Rutte fikr bildirdi.

"Evropa davlatlari agar Rossiya hujum qilgan taqdirda, unga qarshi tura olish uchun mudofaa xarajatlarini 5% gacha oshirishi kerak. O‘z o‘rnida Xitoyda ham ulkan harbiy kuchlarning shakllanishini mavjud, shuning uchun Yevropa o‘z sa’y-harakatlarini tezroq kuchaytirishi kerak. Biz bobolarimiz va buyuk bobolarimiz boshidan kechirgan keng ko‘lamdagi urushga tayyor bo‘lishimiz kerak" - dedi NATO bosh kotibi Mark Rutte Myunxen xavfsizlik konferensiyasining Berlin forumida so‘zga chiqib.

Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Rossiya NATO va Yevropa Ittifoqi a’zolariga nisbatan hech qanday tajovuzkor rejalarga ega emas va buni jamoaviy kafolatlar doirasida huquqiy hujjat ko‘rinishida tasdiqlashga tayyor. Ammo agar Yevropa urush qilishga qaror qilsa, Rossiya bunga doimo tayyor" bo‘lishini aytgan edi.

Shuningdek, bunday fikr Rossiya prezidenti tomonidan ham yangragandi.

Kiritildi: 23:25 11.12.2025. O'qildi: 730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!