AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan yangi aloqalar o‘rnatilishini e’lon qildi. Biroq ular qachon bo‘lishi mumkinligini aytmadi.
– Si Szinpin bilan uchrashuvlar va telefon qo‘ng‘iroqlari o‘tkazamiz, -dedi Tramp jurnalistlarga.
Avvalroq “The Wall Street Journal” nashri manbalarga tayanib, Tramp prezidentlik faoliyatining dastlabki 100 kunida Xitoyga tashrif buyurishi mumkinligini xabar qilgandi.
O‘zining birinchi prezidentlik muddati doirasida Tramp 2017 yilda Xitoyga tashrif buyurgan edi.
O‘tgan juma kuni Tramp va Si Szinpin telefon orqali muloqot qilib, unda tinchlik va xavfsizlikka erishish, shuningdek, savdo munosabatlarini muhokama qilishdi.