Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp saudiyaliklarga 100 milliard dollarlik qurol-yarog‘ taklif qiladi

Tramp saudiyaliklarga 100 milliard dollarlik qurol-yarog‘ taklif qiladi

AQSh prezidenti Donald Tramp may oyida qirollikka tashrifi chog‘ida Saudiya Arabistoniga qariyb 100 milliard dollarlik qurol-yarog‘ bitimini taklif qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Reuters manbalarga tayanib.

Etkazib berish paketiga Lockheed Martin, RTX Corp, Boeing, Northop Grumman va General Atomics kabi kompaniyalarning tizimlari kiradi.

MQ-9B SeaGuadian dronlari va boshqa jihozlarini sotish bo‘yicha muzokaralar bilan bir qatorda , AQSh va Saudiya Arabistoni F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha mumkin bo‘lgan kelishuvni muhokama qilmoqda. Shunga o‘xshash muzokaralar avvalroq BAA bilan ham bo‘lib o‘tgan, biroq Vashingtonning Xitoyning mintaqadagi ta’siridan xavotirlari tufayli muzlatib qo‘yilgan edi.

Trampning Saudiya Arabistoni, BAA va Qatarga tashrifi 13-16 may kunlariga mo‘ljallangan. Qurol-yarog‘ bo‘yicha muzokaralar chog‘ida Tramp shuningdek, Saudiya Arabistoni va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni Ibrohim kelishuvlari doirasida normallashtirishga umid qilmoqda, bu uning tashqi siyosatdagi yutug‘i bo‘lishi mumkin. Biroq, Ar-Riyod Falastin davlatini yaratish tinchlik bitimini imzolash uchun dastlabki shart bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Rahbarlar, shuningdek, bir qator boshqa tashqi siyosat masalalarini, jumladan, Eron bilan yadroviy muzokaralar va G‘azoni qayta tiklash masalalarini ham muhokama qilishi mumkin. Birinchi muddati davomida Tramp shahzodaning yaqin doiralari bilan, xususan maslahatchisi va kuyovi Jared Kushner orqali yaqin aloqalarni o‘rnatgan . Bin Salmon keyinchalik Kushnerning Affinity Partners xususiy investisiya fondiga sarmoya kiritdi.

Kiritildi: 13:07 29.04.2025. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!