Bugun 17 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp: "Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashga ehtiyoj yo‘q"

Tramp: "Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashga ehtiyoj yo‘q"

AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan Alyaskadagi uchrashuvi juda yaxshi o‘tgani uchun hozirda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish masalasini ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rmayotganini aytdi.

Bu haqda Amerika yetakchisi sammit yakunlari bo‘yicha Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Bugun sodir bo‘lgan voqea tufayli, men hozir bu haqda o‘ylashim shart emas, deb o‘ylayman. Bilasizmi, uchrashuv juda yaxshi o‘tdi, deb o‘ylayman”, deb qo‘shimcha qildi Oq uy rahbari.

Shu bilan birga, u kelajakda sanksiyalar masalasi yana kun tartibiga qaytishi mumkinligini istisno etmadi. "Men bu haqda ikki yoki uch hafta yoki undan ko‘proq vaqt ichida o‘ylashim kerak bo‘lishi mumkin, ammo hozir bu haqda o‘ylashimiz shart emas", dedi Tramp.

Kiritildi: 09:45 16.08.2025. O'qildi: 1220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!