Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatlarini baholash uchun nega 60 kun kutmoqchi?

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatlarini baholash uchun nega 60 kun kutmoqchi?

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatlarini baholash uchun 60 kun vaqt oladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishining oqibatlarini baholash uchun 60 kungacha vaqt ajratmoqchi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Marko Rubioga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.

«Menimcha, prezident ushbu 60 kunlik davrdan sanksiyalar va bojlarni joriy etish jahon iqtisodiyotiga, hatto AQSh iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qilish uchun foydalanmoqchi», — dedi Rubio.

Avvalroq Donald Tramp o‘z farmoni bilan Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi yaqinda qabul qilingan qonunda nazarda tutilgan bir qator sanksiyalar, cheklovlar va bojlarni qo‘llamaslikka ko‘rsatma bergan edi.

AQSh prezidenti Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish imkonini beruvchi qonunni 19 sentyabr kuni imzolagan. Hujjat Rossiya nefti va gazini eng ko‘p xarid qiluvchi beshta mamlakatdan keladigan tovarlarga 100 foizgacha qo‘shimcha bojlar, shuningdek, AQShga import qilinadigan Rossiya tovarlariga 500 foizgacha bojlar joriy etish imkonini beradi.

Trampning yangi farmonidagi istisnolar AQSh tomonidan Rossiyaga nisbatan avval joriy etilgan sanksiyalarga taalluqli emas.

Shuningdek, 9 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Donald Tramp Rossiya dizel yoqilg‘isini jahon bozoriga etkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.

Keyinchalik Tramp Vladimir Zelenskiyning tinchlik kelishuviga tayyor emasligidan va Rossiya neftini qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatishni istamayotganidan noroziligini bildirgan. U Ukrainaga Rossiya bilan kelishuvga erisha oladigan yangi rahbar kerakligini aytgan edi.

Kiritildi: Bugun 11:43. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!