AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Rossiyada Qo‘shma Shtatlar uchun qiziq bo‘lgan ko‘plab mahsulotlar, jumladan, noyob yer elementlari mavjud.
"Ha, biz iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha bir nechta bitimlar tuzishga harakat qilmoqdamiz. Ularda biz istagan narsalar ko‘p, keyin ko‘ramiz. Buni amalga oshirish mumkinmi yoki yo‘qmi, bilmayman, lekin biz buni bajonidil amalga oshirgan bo‘lardik," - deya siyosatchining so‘zlarini keltiradi TASS.
Shu bilan birga, Tramp birinchi navbatda harbiy harakatlarni to‘xtatish kerakligini ta’kidladi.