Bugun 12 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Rossiya va Ukraina energetik sulhga kelishganini ma’lum qildi

Tramp Rossiya va Ukraina energetik sulhga kelishganini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida energetika ob’ektlariga hujumlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini bildirdi.

«Shu paytdan boshlab Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda energetik sulh amal qiladi. Ikki tomon ham bunga rozi bo‘ldi. Uni buzmang!» — deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Avvalroq, 14 sentyabr kuni ham Tramp Rossiya va Ukraina bir-birining energetika ob’ektlariga hujum qilmaslikka kelishganini aytgan edi. Biroq o‘shanda tomonlar bunday kelishuvni tasdiqlamagan va hujumlar davom etgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa bugun Vladimir Putin 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lsa, prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

Kiritildi: 20:00 11.10.2026. O'qildi: 553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!