AQSh prezidenti jurnalist Sheril Etkissonga intervyu berib, Rossiya-Ukraina urushini yakunlash bo‘yicha muzokaralarni izohladi.
"Hozircha barchasi yaxshi ketmoqda. 17 mart kuni otashkesim bo‘yicha ko‘proq ma’lumotlarni bilib olamiz, umid qilamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi", — deya fikr bildirdi prezident.
Etkisson Trampdan so‘nggi paytlarda Vladimir Putin bilan muloqot qilgan-qilmaganini so‘radi. "Men buni aytishni xohlamayman, lekin biz u bilan ishlaganmiz va menimcha, hammasi yetarlicha yaxshi ketmoqda. Bu juda murakkab vaziyat. Bilasizmi, bu qonli va dahshatli urush, ammo sulh bo‘yicha muzokaralar jarayoni oldinga siljimoqda", — deya javob berdi u.
Rossiya-Ukraina urushining murakkabligi haqidagi so‘zlardan so‘ng jurnalist Trampga saylovoldi kampaniyasi davridagi bayonotlarini eslatdi. O‘shanda u bir necha bor Qo‘shma Shtatlar prezidenti etib saylangan taqdirda urushni 24 soat ichida yakunlashini aytgan edi.
"O‘shanda men buni biroz kinoya bilan aytgandim. Men haqiqatan ham Ukraina urushiga barham berishni xohlayman. Buni uddalayman deb umid qilaman", — deya ta’kidladi berdi Tramp.