AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Qo‘shma Shtatlar Yangi STARTning ayrim qoidalarini kuchda qoldirmasligi, balki bu sohada yangi kelishuv ishlab chiqishi kerak, deb hisoblaydi.
Amerika yetakchisi bu haqda o‘zining Truth Social sahifasida tegishli maqola joylashtirdi.
"Biz mutaxassislarimizga Yangi STARTni uzaytirish o‘rniga, uzoq vaqt davom etishi mumkin bo‘lgan yangi, takomillashtirilgan va modernizasiya qilingan shartnoma ustida ishlashni topshirishimiz kerak - bu kelishuv Qo‘shma Shtatlar tomonidan yomon muzokara qilingan va bundan tashqari jiddiy ravishda buzilmoqda", deyiladi maqolada.