Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ra boshladi

Tramp Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ra boshladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina va Rossiya prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaganini ma’lum qildi.

Bu haqda Amerika yetakchisi Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

"Men prezident Putinga qo‘ng‘iroq qildim va prezident Putin va prezident Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv joyi aniqlanadigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ra boshladim. O‘sha uchrashuv bo‘lib o‘tgandan keyin biz uch tomonlama muzokaralar o‘tkazamiz, unda ikki prezident va men ishtirok etamiz. Bu deyarli to‘rt yildan beri davom etayotgan urushni tugatish uchun juda yaxshi, o‘z vaqtida qo‘yilgan qadam bo‘ladi", - dedi Tramp.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya va Ukraina bilan harakatlar vise-prezident Jey Di Vens, Davlat kotibi Marko Rubio va maxsus elchi Stiv Uitkoff tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.

Kiritildi: 09:50 19.08.2025. O'qildi: 675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!