Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp, Putin va Si Jinpin uchrashuv kun tartibini oldindan kelishmaydi

Tramp, Putin va Si Jinpin uchrashuv kun tartibini oldindan kelishmaydi

Bu haqda FT xabar berdi.

Donald Tramp, Vladimir Putin va Si Jinpinning uch tomonlama uchrashuvi 19 noyabr kuni Xitoyda o‘tadigan ATES sammiti doirasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Financial Times yozishicha, uchrashuv kun tartibini oldindan kelishmaslik Xitoy rahbari Si Jinpin uchun g‘ayrioddiy holat. Chunki u odatda xorijiy davlat rahbarlari bilan uchrashuvlarni oldindan aniq rejalashtiradi.

Amerikalik rasmiyning aytishicha, Tramp uchrashuvda yadroviy qurollarni nazorat qilish masalasini ko‘tarmoqchi. Biroq u darhol kelishuvga erishishni emas, balki uchta yirik yadroviy davlat o‘rtasida muhokamani boshlashni maqsad qilgan.

Si Jinpin esa Tramp va Putin bilan munosabatlarini namoyish etmoqchi. Shu bilan birga, uchrashuvning 1945 yildagi Yalta konferensiyasi bilan taqqoslanishini istamayapti. O‘shanda Ikkinchi jahon urushida Yaponiyaga qarshi kurashgan Xitoy konferensiyaga taklif etilmagan edi.

Kiritildi: Bugun 11:32. O'qildi: 99 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik