Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvi o‘tkaziladigan joyni tanlash bahsli masala bo‘ldi. Bu haqda Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Rossiya yetakchisini Alyaskada uchrashishga ko‘ndirganiga sha’ma qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, "yolg‘on ommaviy axborot vositalari" u Putinga "AQShda muhim sammit o‘tkazishga" ruxsat berib, "katta mag‘lubiyatga uchragan" deb da’vo qilmoqda.
"Aslida, Putin bu uchrashuvni AQShdan boshqa joyda o‘tkazishdan mamnun bo‘lardi va buni yolg‘onchi OAV biladi", — deya ta’kidladi davlat rahbari va joy tanlashni "munozaralarning asosiy nuqtalaridan biri" deb atadi.
15 avgust kuni Alyaskaning Ankorij shahrida Rossiya-Amerika sammiti muzokaralari bo‘lib o‘tdi.Ukraina mojarosini hal qilish sammitning markaziy mavzusi bo‘ldi.