ERR xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar armiyasining bo‘linmasi Rossiya chegarasidagi Estoniya harbiy bazasiga joylashtirildi.
"Reedo bazasi Viru shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan. U yerga AQSh armiyasining yettinchi otliq polkiga qarashli beshinchi eskadron joylashtirildi. Amerikalik harbiylar Estoniya Qurolli kuchlarining ikkinchi piyoda brigadasiga biriktirilgan," - deb ta’kidladi nashr.
Estoniya Qurolli kuchlari ikkinchi piyoda brigadasi qo‘mondoni, podpolkovnik Antti Vilyastening aytishicha, ushbu harbiy bazaga biriktirilgan AQSh armiyasi eskadroni razvedka vazifasini bajaradi.
O‘tgan yilning sentyabr oyida ommaviy axborot vositalari Estoniya hukumati Rossiya chegarasi yaqinida yangi harbiy baza ochgani haqida xabar bergan edi. Reedo bazasi ming nafargacha harbiy xizmatchilarni joylashtirish imkoniyatiga ega.