Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp Putin bilan koinot qurollari haqida gaplashmoqchi

Tramp Putin bilan koinot qurollari haqida gaplashmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp kelajakda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan harbiy koinot muammosini, jumladan, Moskvaning bu sohadagi taxminiy ishlanmalarini muhokama qilmoqchi.

Bu haqda u seshanba kuni Oq uyda jurnalistlarga ma’lum qildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Putin bilan 19 may kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida Amerika tomonining Rossiya tomonidan kosmik yadro qurollari ishlab chiqilayotgani haqidagi da’volari mavzusi ko‘tarilmagan.

"Biz buni muhokama qilmadik. Ammo tegishli vaqtda muhokama qilamiz," - dedi AQSh prezidenti boshqa izoh berishdan bosh tortib.

Kiritildi: 09:39 21.05.2025. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!